Kumush歌詞

添加日期:2023-12-20 時長:03分54秒 歌手:新疆美麗公主組合

Derazadan boqar sohibjamol oy
Nigohlari to'la karashma, chiroy
Kechirgin, bo'libman oyga mahliyo
Ishon, endi unga qilmayman parvo
Oyning sochlarini o'rmayman
Mayli, oyning sochlarini o'rmayman
Men seni oylarga, men seni oylarga
Men seni oylarga bermayman!
Men seni oylarga, men seni oylarga
Men seni oylarga bermayman!
Suluv kelinchakdek bezarmish bahor
Dalalar ham gulzor, bog'lar ham gulzor
Gullarga boqqandim kulib, ochilib
Yoshlaring ketdilar nurday sochilib
Bahor gullarini termayman
Mayli, bahor gullarini termayman
Men seni gullarga, men seni gullarga
Men seni gullarga bermayman!
Men seni gullarga, men seni gullarga
Men seni gullarga bermayman!
Qancha shirin damlar kechmog'i mumkin
Faqat sen avaylagin, ko'rmagin kulgim
Sen mening taqdirim, oxir-azalim
Sen mening bahorim, oyim, g'azalim
Qalbimsan, men qalbsiz yurmayman
Qalbimsan, men qalbsiz zinhor yurmayman
Qalbimni hech kimga, qalbimni hech kimga
Qalbimni hech kimga bermayman!
Qalbimni hech kimga, qalbimni hech kimga
Qalbimni hech kimga bermayman!
Men seni oylarga, men seni gullarga
Men seni hech kimga bermayman!
Men seni oylarga, men seni gullarga
Men seni hech kimga bermayman!
更多>

喜歡【新疆美麗公主組合】您也可能喜歡TA們的歌詞…

更多>

最新歌詞