Askar maktubi歌詞

添加日期:2023-12-20 時長:03分13秒 歌手:Benom guruhi

Benom guruhi、Lola、Parviz - Askar Maktubi
Lyrics by:Benom guruhi
Salom ona onajonginam
Yana sizga yozmoqdaman xat
Salomatmi aziz otam ham
Ukalarim yurgandir xushvaqt
Salom ona onajonginam
Bugun sizga yozmoqdaman xat
Salomatmi aziz otam ham
Ukalarim yurgandir xushvaqt
Boshim uzra yulduz charog'on
Chegarada turibman sergak
Yurt bo'lsin deb tinch va farovon
Doim bedor uradi yurak
Onajonim onajonginam
Sizga mehrim tilagimda jam
Qutlug' bo'lsin muborak bo'lsin
Eng ulug' va eng aziz bayram
Salom sevgilim senga yozarman xat
Qalbimda sog'inch bilan sadoqatimni asrab
Har doim yuragimda kulib turgan surating
Yozgan xatingdagi so'zlaring–omon qaytgin
Toki borman sog'-omonman
G'urur bilan ona yurtim tinchligin saqlagayman
Toki bor bilakda kuchim
O'zdan kechib bo'lsa hamki to abad kurashar
Yuragida Vatan mehri bor bo'lgan har bir askar
Salom sevgim salom sevgilim
Yana bugun yozmoqdaman xat
Diydorlashish onlari har kun
Sog'inch bilan kutarman faqat
Men yaxshiman siz bo'ling omon
Faxrim–yuzingiz yorug' bo'lsin
Tilaymanki har bir askarni
Tangrim panohida asrasin
Askar bo'lib ulg'aydim bugun o'zbek o'g'loni
Ona Vatan nedir angladim g'ururim o'zing
Jonim fido elu yurt uchun Vatanim uchun
Mard bobolar yo'lin tanladim
Omon bo'ling mening sevgilim
Sizga mehrim tilagimda jam
Qutlug' bo'lsin muborak bo'lsin
Eng ulug' va eng aziz bayram
Xayr sevgim xayr onajon
Doimo tinch bo'lsin ko'nglingiz
Toki tinchsiz sog'-salomatsiz
Meni asrar sizning mehringiz
Salom bilan askar o'g'lingiz
更多>

喜歡【Benom guruhi】您也可能喜歡TA們的歌詞…

更多>

最新歌詞