Sevmasam歌詞

添加日期:2023-12-14 時長:04分14秒 歌手:Mahmut-Mamteli買合木提

作詞 : Sardor Tairov
作曲 : Sardor Tairov
Taqdirimga bitmagan yor, eding yarim bo`lagim,
Axir ko`zlaringni takror ko`rmoq edi tilagim.
Seni yana bir bor ko`rib, ezildi-ya yuragim,
Yuragim, yuragim.
Ko`rdim-u ammo ne qilay, bordir yoningda yoring?
Band etganda endi o`sha sening fikr-u xayoling.
Umidimga qo`ydi nuqta sening ushbu qaroring,
Qaroring, qaroring.
Sevmasam bo`lmasmidi, suymasam bo`lmasmidi,
Ko`rmasam bo`lmasmidi, ko`rmasam?
Balki dil yonmasmidi, og`rinib qolmasmidi,
O`zidan tonmasmidi sevmasam?
Baxt o`rniga armonlarni tashlab ketding,
Visolgamas ,hijronlarga, boshlab ketding.
Yuragimni parcha-parcha g`ashlab ketding,
Nishlab ketding.
Ayb o`zimda, kerakmasdi sevmasligim, sevmasligim,
Sevgini deb jonni o`tga, suvga hadeb urmasligim.
Kerak edi, kerak edi sevgini hech bilmasligim,
Bilmasligim, bilmasligim.
Sevmasam bo`lmasmidi, suymasam bo`lmasmidi,
Ko`rmasam bo`lmasmidi, ko`rmasam?
Balki dil yonmasmidi, og`rinib qolmasmidi,
O`zidan tonmasmidi sevmasam?
更多>

喜歡【Mahmut-Mamteli買合木提】您也可能喜歡TA們的歌詞…

更多>

最新歌詞