Hayot davom etar歌詞

添加日期:2023-08-31 時長:03分49秒 歌手:Rashid Holiqov

Kim sevib kim sevilmay armonlar ichra ketar
Kim quvonch kimlar alamdan manzili sari yetar
Bu hayot ummonida kimlar juftin izlaydi
Vatangado bo'lib kim arosatda bo'zlaydi
Kimdir mehr ulashib oromidan kechadi
O'zganing baxti uchun bisotini sochadi
Hayot davom etar davom etar hayot
Muhabbatimizdan yaralsin asli bu dunyo
Hayot davom etar orzu bo'lsin qanot
Lahzalarimizni mehrga to'ldirsin dunyo
Nokas esa payt poylab ortingdan tosh otadi
Orsiz bir pulga ajab vijdon-u tan sotadi
Bu hayotda kim topar kim nima yo'qotadi
Taqdir kimni qayoqqa so'ramasdan otadi
Beshikdan to qabrga kimlar qanday ketadi
Mehr ulashgan insonlar murodiga yetadi
Hayot davom etar davom etar hayot
Muhabbatimizdan yaralsin asli bu dunyo
Hayot davom etar orzu bo'lsin qanot
Lahzalarimizni mehrga to'ldirsin dunyo
Hayot davom etar davom etar hayot
Muhabbatimizdan yaralsin asli bu dunyo
Hayot davom etar orzu bo'lsin qanot
Lahzalarimizni mehrga to'ldirsin dunyo
更多>

喜歡【Rashid Holiqov】您也可能喜歡TA們的歌詞…

更多>

最新歌詞